Eshik faqat Mbappe uchun ochiq!

  • 23 iyun, 2023, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylangan Kilian Mbappe kelasi mavsum boshlangunga qadar “Real”ga o‘tib ketishi mumkin.

Tecno

Parijliklar 24 yoshli hujumchi tez orada bitimni uzaytirmasa, rahbariyat uni shu yozda sotib yuboradi.

Mbappega asosiy da’vogar sifatida “Real” tilga olinmoqda. Madridliklar bu yil Jud Bellingemni “Borussiya”dan transfer qildi. Shuningdek, Karim Benzemaning kutilmaganda ketib qolgani “Qirollik klubi”ni 33 yoshli Xoseluni ijaraga olishga majbur qildi.

“Real” xo‘jayinlari bu yoz boshqa transferni amalga oshirmoqchi emas. Biroq, PSJ Kilian Mbappeni yoz ichi sotib yuboradigan bo‘lsa, madridliklar savdoga qo‘shilishga majbur.

Shu bois, kelasi mavsum oldidan “Real” eshiklari faqatgina Kilian Mbappe uchun ochiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!