
Ertak tugash arafasida! Vardi "Lester"ni tark etishini e’lon qildi
13 yillik faoliyatidan so‘ng Jeymi Vardi "Lester Siti"ni tark etadi. Futbolchi bu haqda o‘z instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Bundan 13 yil avval forvard "Flitvud Taun" jamoasidan 1 million funt sterling evaziga "Lester" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Ushbu davr mobaynida u jamoa bilan Premer-liga, Chempionship (2 marta) va Angliya kubogi kabi turnirlarda zafar quchgan.
Jeymi "tulkilar" safida 494 o‘yinda 198 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Shuningdek, shaxsiy sovrinlari qatorida u 2019-20 yilgi mavsumda APL oltin butsasini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, 2015-16 yilgi mavsumda "mavsumning eng yaxshi futbolchisi" sovrini bilan mukofotlangan.
Ma’lumot o‘rnida, yakunlanib borayotgan mavsumda "Lester" 33-turdan so‘ng 18 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalining 19-o‘rnida bormoqda. Ta’kidlash joizki, jamoaning keyingi mavsumni Chempionshipda o‘tkazishi muddatidan avval aniq bo‘lib ulgurgan.
Fikrlar