Ertaga voleybol bo‘yicha “Toshkent-2019” xalqaro turniri start oladi

BEPUL PROPAN

8-10 noyabr kunlari Toshkent temir yo‘llar muhandislari instituti sport majmuasi mezbonlik qiladigan musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston respublikalarining milliy terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida “Toshkent-2019” xalqaro turniri ishtirokchilari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov ishtirok etdi hamda barcha jamoalarga bo‘lajak musobaqalarda omad tiladi.

Voleybol bo‘yicha “Toshkent-2019” xalqaro turnirini Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari boshlab berishadi. Mazkur o‘yin soat 10:00da start oladi. Shundan so‘ng musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilsa, kunning ikkinchi yarmida maydonga musobaqa mezbonlari O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston voleybolchilari tushadi. Davraviy tizimda o‘tadigan musobaqa g‘olibi 10 noyabr kuni aniqlanadi.

“Toshkent-2019” xalqaro turniri taqvimi.

8 noyabr, juma

10:00  Turkmaniston – Tojikiston

14:30  O‘zbekiston – Qirg‘iziston

9 noyabr, shanba

10:00  Qirg‘iziston – Turkmaniston

14:30  Tojikiston – O‘zbekiston

10 noyabr, yakshanba

10:00  Tojikiston – Qirg‘iziston

14:30  O‘zbekiston – Turkmaniston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!