
Ertaga turkiyalik futbolchilar uchun "qora" an’ana yakunlanadi
Ertaga tunda Evropa Chempionlar Ligasi final uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Madridning "Real" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari to‘qnash kelishadi.
Ushbu uchrashuvda turkiyaliklar uchun tarixiy voqea sodir bo‘ladi. Shu kunga qadar turk futbolchilari klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqani biror marta qo‘lga kiritishmagan. Ushbu finalda esa bunga chek qo‘yiladi. Sababi har ikki jamoa safida ham turkiyalik futbolchilar bor. "Sariq qoralar" safida Salix O‘zjan harakat qilsa, "qirollik klubi" tarkibida Arda Guler.
Turkiyaning hech bir futbolchisi shu kunga qadar Chempionlar ligasi yoki Evropa kubogi (EChLning avvalgi nomi) g‘olibi bo‘lmagan. Mamlakatning 4 ta futbolchi finalda qatnashgan, biroq ularning hech biriga kubokni ko‘tarish nasib qilmagan.
Yildiray Bashtyurk ("Bayer", 2002)
Hamit Altintop ("Bavariya", 2010)
Nuri Shahin ("Borussiya D", 2013)
Hakan Chalxanog‘lu ("Inter" 2023)
Xatto, FIFA reytingida Turkiyadan pastda joylashgan San-Marino terma jamoasi futbolchisi ham chempionlikni qo‘lga kiritgan:
Massimo Bonini ("Yuventus", 1985) .
Evropa kubogi/Chempionlar ligasi finalida mamlakat bo‘yicha nechta o‘yinchi g‘alaba qozongan?
Ispaniya - 78;
Italiya - 72;
Angliya - 69;
Germaniya - 65;
Niderlandiya - 52;
Braziliya - 43;
Portugaliya - 42;
Frantsiya - 34;
Shotlandiya - 26;
Argentina, Ruminya - 12 ;
Xorvatiya - 10;
Serbiya - 9;
Shvetsiya - 8;
Belgiya, Chexiya , Norvegiya, Polsha, Uels - 4;
Gana, Kot-d'Ivuar, Shimoliy Makedoniya, Nigeriya, Shveytsariya, Urugvay - 3;
Avstraliya, Avstriya, Kamerun, Finlyandiya, Mali, Chernogoriya, Shimoliy Irlandiya, Senegal - 2;
Jazoir, Bolgariya, Kanada, Kosta-Rika , Misr, Gruziya, Vengriya, Meksika, Peru, Janubiy Afrika, Rossiya, San-Marino, Trindad va Tobago, Ukraina, AQSh, Zimbabve - 1.
Eslatib o‘tamiz, "Uembli"da bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvining hushtagi 1 iyundan 2 iyunga o‘tar kechasi 00:00da chalinadi.
Farhod Tulkunov.
Fikrlar