Ertadan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik boshlanadi

  • 9 dekabr, 2020, 22:36
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yili o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.

Tecno

Bahodir Ahmedov qo‘l ostidagi futzalchilarimiz Toshkent shahrida 10-18 dekabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Murabbiylar shtabi “O‘zbekiston” sport majmuasida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarga 18 nafar futzalchini jalb qildi.

Ma’lumot o‘rnida, qit’a birinchiligi 23 martdan 3 aprelga qadar Kuvayt mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichida hamyurtlarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kuch sinashadi. Ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 jamoa 2021 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
1. Elmuradov Abbos
2. Eliboyev Ravshan
3. Umarov Rustam
4. Ropiev Ixtiyor
5. Erkinov Hushnur
6. Adilov Mashrab
7. Rahmatov Anas
8. Abduvaliev Avazbek
9. Xamroev Ilhom
10. Nishonov Husniddin
11. Solihov Abdulla
12. Rahmatov Dilshod
13. Choriev Davron
14. Usmonov Akbar
15. Jo‘raev Sunnat
16. To‘lqinov Elbek
17. Shavkatov Dilmurod
18. Ibragimov Davlat

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!