
Errol Spens Shon Porterni mag‘lub etdi
Los-Anjelesda (Kaliforniya, AQSh) «Staples Center» arenasida bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomi yakunlandi. Markaziy jangda IBF chempioni Errol Spens WBC chempioni Shon Porterni mag‘lubiyatga uchratdi va WBC kamarini ham qo‘lga kiritdi.
11-raundda Spence Porterni chap qo‘lidagi yon tomonlama bergan zarbasi bilan nokdaunga uchratdi. Jang yakunida bitta hakam 115-112 Porter foydasiga, qolgan ikkitasi Spenseni 116-111, 116-111 hisobidagi g‘alabasini qayd etishgan.
Fikrlar