
Eron Pro-Ligasi. Masharipov gol urgan bahsda kuchlar teng keldi
Eron Pro-Ligasining 13-turi doirasida "Alyuminium" - "Istiqlol" jamoalari bahs olib bordi.
Mazur bellashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
"Istiqlol"ning yagona goliga Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi. Legionermiz 45+3-daqiqada penaltidan unumli foydalangan holda jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, mezbonlar tarkibidagi Kazemian 64-daqiqada kuchlarni tenglashtirdi.
Shu tariqa, jamoalar o‘z hisoblariga bir ochkodan qo‘shib oldi.
Fikrlar