
Erling Xoland: "12 yildan keyin ham xuddi shunday holatda bo‘laman"
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland kelajakka nazar tashlab, "Real" hujumchisi Karim Benzemaning hozirda ajoyib formada ekanligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, frantsuz "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi hisoblanadi.
"Benzemaga qarang, u hozir 35 yoshda va eng yaxshi jismoniy formada. Men ayni paytda 22 yoshdaman va umid qilamanki, 12 yildan keyin ham xuddi shunday holatda bo‘laman", - deya norvegiyalikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "GQ Sport" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Xoland Premer liga 2022/23 mavsumining yarmiga kelib, to‘purarlar ro‘yxatining peshqadami bo‘lib turibdi. Uning hisobida 21 ta gol bor.
"Manchester Siti" chempionlik poygasida peshqadam "Arsenal"dan 8 ochkoga ortda qolmoqda. "Kanonirlar" da 47 ochko jamg‘argan bo‘lsa, "shaharliklar" hisobida 39 ochko bor.
Fikrlar