
Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi
Bugun, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida ilk bora O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri start oldi.
Unda 100 dan ortiq professional hamda havaskorlar qatnashishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha xalqaro turniri rapid yo‘nalishida 7 turdan, “A” va “B” guruhlarida o‘tkaziladi. Musobaqa shveytsarcha tizimda, FIDE qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Musobaqada o‘yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalaniladi.
Xotira turnirda qatnashish uchun professional shaxmatchilarning FIDE xalqaro reytingida 2000 balldan kam bo‘lmasligi talab etiladi, havaskorlar o‘rtasida qatnashish uchun esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Milliy Teleradiokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yhat asosida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri shveytsarcha tizimda o‘tkazilib, bugun 4 tur, 24 dekabrda esa qolgan
3 tur o‘tkaziladi.
Chempionatni o‘tkazishga O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasidan tashrif buyurgan tajribali, professional hakamlar bevosita rahbarlik qiladi.
Xotira turnirining ochilish marosimi 23 dekabr kuni soat 10:00 da Xalqaro Shaxmat akademiyasi xalqaro musobaqalar o‘tkazish zali “Ayvon” binosida, yopilish hamda taqdirlash marosimi esa 24 dekabrda soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.
Chempionat yakunida ishtirokchilar diplom, medal bilan taqdirlanadilar.
Fikrlar