
Erkin kurash: Ixtiyor Navro‘zovdan ham g‘alaba
Jahon chempionati doirasida 70 kg vaznda gilamga chiqayotgan yana bir umidimiz, Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov ham o‘z ishtirokini boshladi. Unga dastlab hindistonlik Karan Karan raqib to‘qnash keldi. Tajribali hamyurtimiz mazkur bahsda ajoyib harakatlari bilan 4:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Endi u 1/8 final bosqichida bolgariyalik Ali Posho Umarposhoevga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar