
Erkak va ayol jangi. Valentina Shevchenko Sexudoning taklifini qabul qildi
Ayollar o‘rtasida UFC chempioni Valentine Shevchenko MMA ustasi Genri Sexudo bilan jang o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Amerikalik sportchi bir necha marota qirg‘izistonlik chempion qizni o‘zaro jang qilishga chaqirgan edi.
- Buni hech qanacha g‘alati yoki dahshatli joyi yo‘q. Men umrim davomida yigitlar bilan sparring tushib kelaman. Men tayyorman. O‘ylaymanki, Sexuda faoliyatini yakunlagani yo‘q, u ozgina tanaffus oldi shekilli, - dedi Valentina Shevchenko
33 yoshli Sexuda MMA bo‘yicha 16 ta jangda zafar quchgan va ikki marotaba mag‘lubiyatini tan olgan. 32 yoshli Valentina hisobida esa 19 g‘alaba va uchta mag‘lubiyat bor.
Fikrlar