
Eriksen qaytdi, Vegxorst qahramon va Angliyadan kutilmagan natija (3-kun o‘yinlari tugadi)
Evroning 3 ta kun o‘yinlari o‘z nihoyasiga etdi. Shu vaqtgacha davomida bizga jamoalar ko‘plab gollarni taqdim etishdi. Ayniqsa, ochilish bahsida Germaniya - Shotlandiya (5:1) uchrashuvi hozircha bitta bellashuvda eng ko‘p gol kiritilgan o‘yin bo‘lib qolmoqda. Ammo so‘nggi kun biroz zerikarli va kutilmagan hisoblar bilan o‘z nihoyasiga etdi.
Posha - Niderlandiya
Birinchi turga yo‘qotishlar bilan etib kelgan Polsha murabbiylar shtabi hujumda majburan Buksani o‘ynatishga qaror qilishdi. Strayker bo‘lsa uchrashuvning 16-daqiqadasidayoq hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Gakpo reyd amalga oshirib, zarba yo‘lladi, to‘p esa himoyachilarga tegib, golga aylandi. So‘nggi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushgan Vegxorst jamoasiga 3 ochko taqdim etuvchi golni urdi. Polyaklar o‘z darajasidan kelib chiqib futbol o‘ynashdi, tarkibda texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilar kam va murabbiylar ham shunga asoslangan holda taktika tanlagan ekan. Kuman esa o‘z futbolini jamoaga singdira olgani ko‘rindi. Aynqsa, uning shogirdlari qisqa paslar bilan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirishlari juda chiroyli chiqdi.
- Europe - Yevropa chempionati
- Guruh bosqichi

Polsha
- Adam Buksa 16'
16.06.2024 18:00

Niderlandiya
- Cody Gakpo 29'
- Wout Weghorst 83'
Sloveniya - Daniya
Turnirdagi ilk durang ushbu o‘yinga to‘g‘ri keldi. Dastlab, Eriksen hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqada Janza ajoyib zarbasi bilan imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Daniyaliklar o‘yinda ustunlik qilishdi, lekin buni hisobga ko‘chira olishmadi. Kristian esa Evroa qaytish uchrashuvining o‘zidayoq nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Yarim himoyachi 7 ta xavfli vaziyat yaratib, 88 foiz pas aniqligiga ega bo‘ldi. Mazkur durang ikkala tomon uchnu fojea hisoblanmaydi. Shu sababli, ular bir ochko rozilir.
- Europe - Yevropa chempionati
- Guruh bosqichi

Sloveniya
- Erik Janza 77'
16.06.2024 21:00

Daniya
- Christian Eriksen 17'
Serbiya - Angliya
Nafaqat mazkur turnirda, balki ko‘p yillardan beri bitta uchrashuvda bunaqa kam zarba berilmagandi. Serbiya o‘yin davomida Angliya esa so‘nggi daqiqalarda himoyani o‘ylab, harakat qildi. Sakaning o‘ng qanotdan yorib kirishi oqibatida Bellingem Evrodagi ilk golini urdi. Shundan keyin inglizlar nazoratni qo‘lga olib, harakat qildi. Dragan shogirdlari Pikford darvozasi tomon 6 ta zarba yo‘llagan bo‘lsa, shulardan 5 tasi jarima maydonchasi tashqarisidan tepildi. Eng qizig‘i jamoa 0,17 xGga ega bo‘ldi. Bunaqa statistika 1980 yildan beri Evroda kuzatilmayotgandi, deya ma’lum qildi "Sofa Score".
- Europe - Yevropa chempionati
- Guruh bosqichi

Serbiya
17.06.2024 00:00

Angliya
- Jude Bellingham 13'
Bugun Evro o‘yinlarida 6 ta gol urildi. Bu turnirning birinchi uchrashuvida urilgan gollar soni bilan tengdir. 17 iyun kuni bizni Ruminiya - Ukraina, Belgiya - Slovakiya va Avstriya - Frantsiya bahslari kutib turibdi.
Fikrlar