
Erik ten Xag sirni ochib qo‘ygani xo‘jayinlarni jumbushga keltirdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning qilmishidan jumbushga keldi.
The Sun nashrining yozishicha, klub xo‘jayinlariga Erik ten Xag Niderlandiya televideniesiga bergan intervyuda klub bilan muzokaralar tafsilotini ochgani yoqmagan.
54 yoshli mutaxassis intervyuda “Yunayted” vakillari u dam olayotgan Ibitsa shahriga kelib, hamkorlik masalasida muzokara qilganini, ular boshqa murabbiylar bilan ham gaplashganidan keyin o‘zi bilan hamkorlik qilishni ma’qul ko‘rishganini aytgan.
Erik ten Xagning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. Klub bitimni 2027 yilgacha uzaytirishni taklif qilyapti.
Fikrlar