
Erik ten Xag Ronaldu va Sancho tufayli o‘yinchilar ishonchini yo‘qotdi
“Manchester Yunayted”ning mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlaganiga ichki muhitning buzilgani sabab bo‘lishi mumkin. Jamoaning aksariyat o‘yinchilari bosh murabbiy Erik ten Xagga qarshi. Bu haqda “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Alan Brazil xabar berdi.
- Mening yaqin tanishim “Manchester Yunayted” o‘yinchisidan olgan ma’lumotlarni bilan o‘rtoqlashdi.
Hozir “Yunayted” futbolchilarida murabbiy, degan tushuncha yo‘q. Ularga bosh murabbiyning Krishtianu Ronalduga qilgan munosabati yoqmagan. Qolaversa, ular Jeydon Sanchoning ajoyib yigit ekani va mashg‘ulotlarda bosh kuchi bilan ishlaganini aytishyapti, - dedi Alan Brazil.
Ma’lumki, yaqinda Erik ten Xag jamoa hujumkor futbolchisi Jeydon Sanchoni mashg‘ulotlarda bo‘sh xarakat qilayotganini tanqid qilgan va angliyalik yulduz o‘ziga bildirayotgan fikrlarga javob qaytargan edi.
O‘rtada ziddiyat kelib chiqdi va Sanchoni jamoadan chetlatishdi. Bundan bir yil muqaddam Erik ten Xag jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu bilan ham kelisha olmay qolgandi.
Fikrlar