
"Eng tez liga". Shomurodov yana mag‘lub bo‘ldi
Ayni vaqtga kelib, koronavirus pandemiyasi bois ko‘plab chempionatlar qatori Rossiya Premer-ligasi ham to‘xtatib qo‘yilgan. Sports.ru sayti va MegaFon kompaniyalari o‘zaro hamkorlikda RPL jamoalari etakchilari ishtirokida "PES 2020" futbol simulyatorida kiberfutbol bo‘yicha “Eng tez liga” musobaqasini o‘tkazmoqda.
Chempionatda “Rostov” nomidan hamyurtimiz Eldor Shomurodov ishtirok etayotganidan xabaringiz bor. Hamyurtimiz bugun "Ufa" yarim himoyachisi Artyom Golubevga qarshi joystiklarda kurash olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan tur "Zenit" forvardi Artyom Dzyubaga ham engilgan edi.
"Rostov" (Shomurodov) - "Ufa" (Golubev) 0:1
Gol: Aliev (77).
Fikrlar