Eng qimmat futbolchilar reytingida jiddiy o‘zgarish

  • 12 oktabr, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar va statistik ma’lumotlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan charm to‘p ustalarining transfer summalari bo‘yicha yangi reytingini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, keyingi paytda xulqi uchun ko‘p tanqid qilinayotgan “Real” hujumchisi Vinisius Juniorning narxi sezilarli darajada ko‘tarilgan.

Braziliyalik yulduzning transfer summasi 200 million evroga etdi va u “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland bilan birga dunyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

Har ikki futbolchi yaqindagina eng qimmatbaho futbolchi bo‘lib turgan Kilian Mbappedan o‘tib ketdi.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra eng qimmatbaho o‘yinchilar reytingida “top-10” quyidagicha ko‘rinish oldi:

Erling Xoland («Manchester Siti») — € 200 mln.

Vinisius Junior («Real» Madrid) — € 200 mln.

Jud Bellingem («Real» Madrid) — € 180 mln.

Kilian Mbappe («Real» Madrid) — € 180 mln.

Lamin Yamal («Barselona») — € 150 mln.

Filip Foden («Manchester Siti») — € 150 mln.

Bukayo Saka («Arsenal») — € 140 mln.

Florian Virts («Bayer») — € 130 mln.

Jamol Musiala («Bavariya») — € 130 mln.

Federiko Valverde («Real» Madrid) — € 130 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Tony Stark
12/10/2024 12:16
Футболчи трансфермаркетдаги нархи кутарилиши учун реал мадридга утиши керак, у ерда уйнаса уйнамаса нархи € 150 млн. булиб тураверади. Холландни билан Мусиалани нархи тушунарли, Сака унча пулга арзимайди деб уйлайман, Фоден хам, Беллингем хам. Мен бу 10 таликда Палмер булади деб уйлагандим