
Eng mukammal futbolchi kim? Anchelotti javob berdi
Karlo Anchelotti Karim Benzemani mukammal va ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi, deb hisoblaydi.
"Benzemani markaziy hujumchi deya olmayman. Sababi, u fantastik darajadagi hujumkor futbolchi. U faqat goleador emas, balki, yaxshi assistent hamda o‘yin qurishda ishtirok etadi.
O‘ylashimcha, Ronaldu ketganidan so‘ng Karim "Real"da lider bo‘la oldi. Krishtianu bir mavsumda 50 ta gol ura olardi. Benzema ushbu vazifani o‘z bo‘yniga oldi. Shunday bo‘lsa-da Madrid jamoasida etakchilar ko‘p", - dedi Anchelotti.
Fikrlar