
Eng katta maosh oladigan murabbiy kim?
Evropa ligalarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar orasida “Atletiko”ni boshqarayotgan Diego Simeoni eng katta maosh olayotgani aniqlandi. Madridliklar argentinalik murabbiyning mehnati uchun soliqlarni qo‘shib hisoblaganda oyiga 3,33 million evro o‘tkazib beradi.
Ispaniya chempionatida katta maosh oladigan murabbiylar uchligini “Real” ustozi Karlo Anchelotti (oyiga 910 ming evro) va “Atletik”ni boshqarayotgan Marselino Garsiya Toral (oyiga 500 ming evro) tashkil qilmoqda.
Angliya chempionati vakillari orasida Xosep Gvadiolaning bir oylik mehnati 1,89 million evroga baholangan. Keyingi o‘rinlardagi Yurgen Klopp va Antonio Konte har oy 1,49 million evroga boyimoqda.
Italiya chempionati murabbiylari ham katta maosh oladi. Massimiliano Allegrining bior oylik xizmat haqi 1,17 million evroga, Joze Mourinoniki 770 ming va Simone Indzaginiki 620 ming evroga teng.
Bundesliga jamoalari murabbiylarga o‘rtacha maosh beradi. “Bavariya”ni navbatdagi chempionlik sari etaklayotgan Yulian Nagelsmann har oy 666 ming evro maosh oladi. “Bayer” Jerardo Seoanega 416 ming, “Borussiya” Marko Rozega 375 ming evro oylik beradi.
Fikrlar