
Eng kam muxlis “Paxtakor”, eng ko‘pi esa “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinda kuzatildi
21-23 iyun kunlari Superligada 12-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislarini taqdim etadi.
Tur o‘yiniga jami 41799 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga 5971ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis doimgidek Namangandagi “Markaziy” stadionida o‘tkazilgan bellashuvda qayd etildi. “Navbahor” – “Buxoro” bahsini 10600 tomoshabin kuzatdi.
Eng kam ishqibozlar Toshkentda. “Paxtakor” – “Qizilqum” bellashuvini 3856 ishqiboz bevosita o‘yingohdan tomosha qildi.
Turning markaziy qarama-qarshiliklari "Dinamo" – "Lokomotiv" hamda “Surxon” – “Bunyodkor” bahslarining har biriga olti mingdan ko‘proq muxlis stadionga tushdi.
Quyida 12-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi:
“Navbahor” – “Buxoro” 3:1. 10600 tomoshabin
"Dinamo" – "Lokomotiv" 2:1. 6582 tomoshabin
“Surxon" – “Bunyodkor” 2:0. 6320 tomoshabin
“Andijon”– AGMK 1:2. 5256 tomoshabin
“Metallurg” – “Nasaf” 0:1. 5125 tomoshabin
“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” 2:2. 4060 tomoshabin
“Paxtakor”– “Qizilqum” 8:0. 3856 tomoshabin
Fikrlar
MUXLISLAAAR
Kanchelkisni ketishini eshitib tushkun xolatga tushib ortiqcha odam stadionga kelmadi
Lekin shunda xam eng ko'p muxlis yana NAMANGAN NAVBAXORDA
gap yoq muxlislar biz UZBEKISTANDA N:1miz