Eng boy klub “Roma”dan o‘yinchi oladi
Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin moddiy imkoniyati sezilarli darajada oshib ketgan “Nyukasl” kuchli o‘yinchilarni transfer qilish orqali superklubga aylanmoqda.
Kelasi yoz ham “qarg‘alar” katta transferlarga qo‘l uradi. Jumladan, nyukaslliklar mavsum yakunlanishi bilan “Roma”” himoyachisi Rojer Ibanesni sotib olmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
24 yoshli futbolchi to‘rt mavsumdan beri rimliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu o‘yinchi Braziliya terma jamoasidan taklif ola boshladi.
O‘tgan yili Rojer Ibanesga “Barselona” va “Real” tomonidan qiziqish bo‘lgan edi.



Fikrlar