
Eng badavlat klub Angliya hujumchisini oladi
Saudiyalik investorlar “Nyukasl”ni kuchaytirish maqsadida yozda katta xaridlarni amalga oshirmoqchi.
“Qarg‘alar”ning asosiy nishonlaridan biri “Everton” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin hisoblanadi. Nyukaslliklar 25 yoshli futbolchi uchun liverpulliklar talab qilayotgan 35-40 million evro atrofidagi mablag‘ni to‘lashga tayyor.
Kalvert-Lyuin aslida “Sheffild Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Everton”da 2016 yildan beri to‘p tepmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu mavsum Dominikning o‘yini qovushmayapti. Iste’dodli hujumchi Angliya premer-ligasida 14 ta uchrashuvda atigi uchta gol urdi. Shu bois Dominik muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan.
Uning amaldagi kelishuvi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Kalvert-Lyuinga “Arsenal” ham xaridor bo‘lyapti.
Fikrlar