
Endrikni beshta grand jamoa ijaraga olmoqchi
"Real" hujumchisi Endrikka Evropaning beshta turli klublari qiziqish bildirmoqda.
Italiyaning "Yuventus" va "Milan", shuningdek, Germaniyaning "Leyptsig", "Bayer" va Ispaniyaning "Vilyarreal" klublari braziliyalik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Qo‘ng‘ir.
"Qaymoqranglilar"ning bu boradagi pozitsiyasi noaniq. Ba’zi manbalar Madrid grandi o‘yin amaliyoti uchun forvardni vaqtincha boshqa klubga yuborishga tayyorligi, shuningdek, 18 yoshli futbolchini olib qolish niyati haqida ham xabarlar paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Endrik o‘tgan yozda "Palmeyras"dan "Real"ga o‘tgan edi. Futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda 37 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar