
Endi ular kerakmas! “Real” kutilmaganda ikki ustunidan voz kechdi
“Real” kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Bir necha mashhur o‘yinchilarga javob beriladi, ularning o‘rnini iste’dodli yoshlar egallaydi.
Ispaniya matbuotining yozishicha, “Qirollik klubi” ikki etakchi himoyachi – Eder Militao va David Alaba bilan xayrlashishga tayyor. Yozda bu o‘yinchilar bo‘yicha har qanday taklif ko‘rib chiqiladi.
26 yoshli Eder Militao 2019 yildan beri Madridda o‘ynamoqda. Shu paytga qadar ishonchni oqlab kelgan braziyalik himoyachi tizzasidan qayta-qayta jarohat olgani uning kelajagiga ta’sir o‘tkazyapti. Militao shu kunga qadar 172 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol va oltita assist qayd etgan.
32 yoshli David Alaba 2021 yili “Real”ga kelgunga qadar “Bavariya”ning eng zo‘r himoyachisi bo‘lgan. Ispan grandi safida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan futbolchi beshta gol va to‘qqizta assist muallifi hisoblanadi.
Lekin og‘ir jarohatga yo‘liqqani uning madridliklar safida yana samarali o‘ynash imkoniyatini pasaytirib yuborgani aytilmoqda.
Fikrlar