
Endi ular “Chelsi”ga kerakmas
“Chelsi” rahbariyati qishki transferlar vaqtida yangi bosh murabbiy Grem Potter ishonchini qozona iolmagan ikki yulduz bilan xayrlashishga tayyor.
Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar”ni boshqarayotgan murabbiylar shtabi Hakim Ziesh va Denis Zakariyadan voz kechgan.
The Athletic nashrining xabar berishicha, Grem Potter marokashlik va shveytsariyalik yarim himoyachilarning xizmatiga muhtoj emas. Klub mutasaddilari ular bilan tezroq xayrlashish yo‘lini topishi kerak.
“Ayaks” qishda Hakim Zieshni sotib olmoqchi va londonliklarga bu futbolchi uchun 11 million evro taklif qildi.
Zakariya aslida “Yuventus”ga tegishli. Turin klubida unga joy tegmagani bois, italiyaliklar Denisni “Chelsi”ga ijaraga berib yubordi. Lekin Grem Potter avvalgi bosh murabbiy Tomas Tuxel davrida kelgan o‘yinchiga biror marta imkon bergani yo‘q.
“Aristokratlar” 25 yoshli o‘yinchini ijara muddati tugamay turib, ya’ni yanvar oyida Turinga qaytarib yubormoqchi.
Fikrlar