Endi U23 Osiyo kubogi har ikki yilda o‘tkazilmaydi!

  • 25 may, 2024, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida OFK musobaqalar qo‘mitasining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unda bir nechta masalalar ko‘rib chiqildi. Ulardan eng asosiysi, qo‘mita 2028 yildan boshlab U23 Osiyo kubogini ikki yilda emas  4yilda bir marta o‘tkazishga qaror qildi. Bu har olimpiada tsikliga to‘g‘ri keladi.

FIFA U17 jahon chempionati esa ikki yilda emas , har yili o‘tkazish belgilandi.

Bundan tashqari 2025 yilgi U20 Osiyo Kubogi mezbonligi Xitoyga, OFK 2025 yilgi U17 Osiyo Kubogi esa Saudiya Arabistoniga topshirildi.

Yangi musobaqalar Qo‘mita OFK Chempionlar Ligasi Elite (ACL Elite), AFC Chempions Leaguye Two (ACL Two) va OFKning 2024/25 yilgi musobaqalar reglamentini ham tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!