
Endi Luis Adrianoning nomi ham Neymar bilan bir qatorda tilga olinadi
"Palmeyras" klubi forvardi Luis Adriano PSJdagi hamyurti Neymar va "Shaxtyor"ning sobiq hujumchisi Jadsonlar bilan bir qatorda tilga olinadigan bo‘ldi.
Gap shundaki ushbu uchchala futbolchi ham Libertadores kubogi, ham Chempionlar ligasida xet-trik qilgan braziliyalik futbolchilar hisoblanishadi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Adriano bundan avval Moskvaning "Spartak" klubida to‘p surgan.
Fikrlar