Endi klublarimiz libosida bayroq ham bo‘ladi

  • 4 fevral, 2022, 16:43
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

UzPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etadigan jamoalar liboslariga bir qator talablar qo‘yildi. Unga ko‘ra:

Tecno

Raqamlarni aniqroq ko‘rsatish uchun neytral ranglardan foydalanish lozim. Jamoalar futbolkasining oldi qismini raqamsiz qoldirish tavsiya qilinadi.

photo_2022-02-04_16-28-30

O‘zPFL ramzi futbolkaning o‘ng tomonida, Superliga ramzi esa chap tomonda joylashgan bo‘lishi lozim.

photo_2022-02-04_16-28-26

Homiylar ramzi bo‘yicha o‘lcham talabi ham o‘rnatildi. 

photo_2022-02-04_16-28-28

Dekorativ suratlar o‘yinchi libosini butun qismini qoplamasligi zarur. Dekorativ elementlar libosning old qismida 25 foizgacha bo‘lgan joyni qoplashi mumkin. Ushbu ramzlar va suratlar libosdagi raqam va ismi yozilgan joyga qo‘shilib ketmasligi kerak.

photo_2022-02-04_16-28-24_1

O‘zbekiston Resbublikasi davlat bayrog‘i libosning old tomoni o‘rta qismida joylashadi. Bayroqni alohida ajralib turishi uchun uning atrofi oq chiziq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Oq chiziqning qalinligi 3 mm bo‘lishi lozim.

photo_2022-02-04_16-28-22

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Marifjon Turajonov
04/02/2022 21:15
Ha endi pulini egandan shung buladida.
Uzbekistonda asosiy komandalar davlat budjetidanku.shundaymi