Emre Jan: Juda hafa bo‘ldim va jahlim chiqdi. Menga boshqacha va’dalar berishgandi

  • 4 sentabr, 2019, 16:21
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritilmaganidan hafa bo‘lgani va jahli chiqqanligini aytib o‘tdi.

"Men hayratdaman. Klub bilan suhbat bir daqiqa davom etdi. Ular menga hech narsani tushuntirishmadi.

Men juda hafaman va jahlim chqmoqda. Turinga qaytganimda klub rahbarlari bilan gaplashaman.

O‘tgan hafta gaplashganimda, menga boshqacha va’dalar berishgan edi. Menga PSJdan taklif bor edi, ammo "Yuventus"da ChLda o‘ynash sharti bilan qolgan edim," - dedi Emre Jan.

Eslatib o‘tamiz, Emre Jan Evro-2020 saralash bosqichi uchun Germaniya terma jamoasidan chaqiruv olgan va hozirda terma jamoada shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!