
Emeri: "Neymar PSJda Messi bo‘lmoqchi edi"
PSJ va "Arsenal" klublari sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri braziliyalik forvard Neymarning PSJdagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
"Neymarning "Barselona"ga qaytishi haqida ko‘plar gap-so‘zlar yuribdi. Parijliklarga uni PSJga o‘tishiga yordam bergandim. Hozir esa men Ispaniyadaman va u ham bu erga qaytishi kerak deb hisoblayman.
Neymar PSJda "Barselona"dagi Messi saviyasiga chiqmoqchi edi.
Ispaniyada kuchli klublar, ularning tarkibida esa top fubolchilar to‘p suradi. Neymar 27 yoshda, bu yosh jaxonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun eng yaxshi davr.
Men ustozlik qilgan eng kuchli futbolchi kim? Albatta, Neymar", - deya aytib o‘tdi Emeri.
Fikrlar