
Emeri Ikardini "Arsenal"da ko‘rmoqchi
Milanning “Inter” klubi forvardi Mauro Ikardi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha 26 yoshli argentinalik to‘purarga "Arsenal"dan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Aniqrog‘i, “kanonirlar” bosh murabbiyi Unai Emeri uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardiga “Yuventus”, “Napoli” va “Real” klublaridan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum A Seriyada 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar