Emeri "Arsenal"dagi iste’fosi haqida gapirdi

  • 30 noyabr, 2019, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri o‘z iste’fosi haqida gapirib o‘tdi.

“Bunday jamoada ishlash men uchun sharaf bo‘ldi. Buyuk klub hissini sezishda menga yordam berganliklari uchun muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Xatto yomon ob-havo sharoitida ham o‘yindan keyin men bilan so‘rashishni kutib turgan barchaga rahmat.

O‘z ishimga mehr bilan yondoshdim, bor kuchimni berdim. Men muxlislar uchun eng katta yutuqlarga erishishni xohladim. Shuningdek, “Arsenal”ning barcha xodimlariga rahmat aytaman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Emeri “Arsenal”ni 2018 yilning may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!