
Emelyanenko raqibini dastlabki raundda nokautga uchratdi
Moskvadagi "VTB Arena"sida turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy jangida Aleksandr Emelyanenko va Mixail Koklyaev qarama-qarshi kelishdi.
Jang Emelyanenkoning birinchi raunddagi nokauti bilan yakunlandi. Bellashuv 2 daqiqayu 47 soniya davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, jang boks qoidalariga asoslangan holda o‘tdi va 4 raund, 3 daqiqadan etib belgilangandi. Emelyanenko og‘ir vaznda REN TV chempionligini qo‘lga kiritdi.
38 yoshli jangchi MMAda 36 ta jang o‘tkazib, 28 ta g‘alabaga erishgan. 40 yoshli Koklyaev uchun boks debyut bo‘ldi.
Fikrlar