
Elnur Abduraimov ham chempionlikni qo‘lga kiritdi
Iordaniyadagi litsenzion turnirining hal qiluvchi pallasi ya’ni, final jangida yana bir yurtdoshimiz -63 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov ham turnir g‘olibligi uchun qozog‘istonlik tajribali Zokir Safiullinga qarshi ringga ko‘tarildi.
Mazkur qarama-qarshilik juda ham qiziqarli kechishi kutilgan edi. Sababi, yon qo‘shnilarimiz bilan umumjamoa hisobidagi etakchilik uchun ham o‘ziga xos kurash kechayotganligi sir emasdi.
Kutilganidek, jang juda shiddatli kechdi. Elnur ajoyib harakat qildi va jiddiy raqib ustidan 3:2 hisobida g‘alabaga erishib, turnir chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar