
Elit OChL. "Paxtakor" so‘nggi turda g‘alaba qozondi
Elit Chempionlar ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Sadd" bahsi yakuniga etdi.
Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqiblardan ustun keldi.
"Sherlar"ning ikki goliga ham jamoaning yangi hujumchisi Brayan Riaskos mualliflik qildi. Futbolchi dastlabki golini 18-daqiqada urgan bo‘lsa, 56-daqiqaga kelib yana bir golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Raqiblarning yagona goliga esa 37-daqiqada penaltidan unumli foydalangan Xasan al Haydos mualliflik qildi.
Fikrlar