
Elit OChL final. "Al-Ahli" "An-Nasr"ni chiqazib yuborgan "Kavasaki Frontale"ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi!
Elit Osiyo Chempionlar ligasining final uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu bosqichda Saudiyaning "Al-Ahli" klubi finalda "Kavasaki Frontale" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi va chempionlikni rasmiylashtirdi.
Mazkur uchrashuvning 35-daqiqasida Galeno hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Kessi hisobni 2 taga etkazgan holda, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
- Osiyo - AFC Champions League Elite
- Finallar
Fikrlar