
Elina Svitolinaning raqibi aniqlandi
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina "Uimbldon" musobaqasining ikkinchi davrasida rossiyalik Margarita Gasparyanga qarshi kortga chiqdi.
London shahrida o‘tagan mazkur o‘yinda 7:5, 5:6 bo‘lib turgan vaziyatda Rita kutilmaganda jarohat oldi. Raqibining jarohat olgani sabab, uchrashuv Svitolina foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa uchinchi bosqichda Svitolina gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar