
Elena Ostapenkoning yana omadi kelib qoldi
Latviyalik tennischi Elena Ostapenko Avstriyaning Lints shahrida o‘tkazilayotgan turnirning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
"Upper Austria Ladies Linz" turnirining ikkinchi davrasida Elena frantsiyalik Alize Kornega qarshi o‘yinda 7:5, 4:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq Korne jarohat sabab uchrashuvni yakuniga etkaza olmadi.
Shu tariqa Ostapenko musobaqaning chorak finaliga chiqdi va qozog‘istonlik Elena Ribakinaga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar