
Elena Isinbaeva o‘g‘illi bo‘ldi
Langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni rossiyalik Elena Isinbaeva ikkinchi bor ona bo‘lish baxtiga sazovor bo‘ldi. Bu haqida Elenaning o‘zi ijtimoiy tarmoqda xabar bermoqda.
"Oilamiz safi yana bittaga ko‘paydi. O‘g‘il farzand ko‘rdim va ikkinchi bor ona bo‘ldim. Ko‘pdan ko‘p kelayotgan barcha tabriklar va shirin tilaklar uchun katta raxmat!", – deya post qoldirgan o‘zining instagramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Isinbaevaning 3 yashar Eva ismli qizalog‘i ham bor edi.
Fikrlar