Eldor Shomurodovning goli "Roma"ga g‘alaba keltirdi!

  • 20 avgust, 2021, 00:22
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichi doirasidagi "Trabzonspor" hamda "Roma" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga etdi. 

Tecno

Lorentso Pellegrini 55-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib, Kornelius muvozanatni tikladi. Ushbu bahsda rasmiy o‘yinlardagi debyutini nishonlayotgan Eldor Shomurodov 81-daqiqada "bo‘rilar"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Endi tomonlar javob bahsida 1 haftadan keyin Rimda to‘qnash keladi. Mazkur o‘yin g‘olibi guruh bosqichiga yo‘l oladi.

90+4. Uchrashuv yakunlandi!

90+3. SEYV! Yaqin masofadan berilgan zarbani Patrisiu qaytardi va g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.

90+2. Maurdan taktik yurish. Zaniolo o‘rniga Reynolds maydonga tushdi.

90. O‘yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi.

88. Maydon egalari so‘nggi kuchni to‘plab, oldinga o‘tmoqchi. Biroq foydasi bo‘lmayapti.

86. O‘yin tempi biroz pasaydi. Futbolchilar charchadi, chog‘i.

84. Rimliklar ustunlikni to‘liq qo‘lga oldi va raqibga to‘p bilan harakatlanish imkoniyatini qoldirmayapti.

82. Hozirgina jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan Shoma o‘z o‘rnini Borxa Mayoralga bo‘shatib berdi.

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOOOOOOOOOOOOOR!

Darvoza to‘sinidan qaytgan to‘pni Shomurodov darvozaga kiritdi! Yashavor, Eldor!

79. So‘nggi daqiqalarda "bo‘rilar" nisbatan faollashdi.

77. Berat O‘zdemir o‘z o‘rnini Abdulqodir O‘mur o‘yinga qo‘shildi.

75. To‘pni to‘xtata olmagan Eldor jamoasi hujumi erta yakunlanishiga sababchi bo‘lib qoldi.

74. Ustunlik hech qaysi jamoada emas. G‘alabani kim ilib ketishi to‘g‘risida bir narsa deyish qiyin.

72. Geynrix Mxitaryan voqealar rivojidan biroz ilgarilab ketdi.

70. Mourino shogirdlari to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda. Biroq raqib ustunlikni qo‘ldan bermayapti.

68. Yaqin masofadan berilgan zarbani Patrisiu qaytarib yubordi.

66. Goldan keyin turkiyaliklarning "ishtahasi ochilib ketdi"! Ular hujumlarni to‘xtatmayapti.

64. GOL. Uchrashuvda hisob o‘zgardi.

Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni hozirgina o‘yinga qo‘shilgan Kornelius darvozaga kiritdi.

63. Kornelius va Trondsen maydonga tushdi. Ular Jervino hamda Ismael Keybashini almashtirdi. 

61. Mxitaryanning tushunarsiz harakatlari tufayli Eldor ofsaydda qolib ketdi va natijada, to‘p yo‘qotildi.

59. "Trabzonspor"ning uzoq davom etgan hujumini rimlik himoyachilar bartaraf etdi.

57. Gol o‘tkazib yuborgan turkiyaliklar darhol faollashdi.

55. GOOOOOOOOOOOL! "Roma" hisobni ochdi!

Jarima maydoniga etkazib berilgan to‘pni Pellegrini yaqin masofadan darvozaga yo‘lladi.

53. Dastlab, Shomurodov jarima maydoni ostonasida raqibini alday olmadi. So‘ng, Zaniolo noaniq zarba berdi.

52. Lorentso Pellegriniga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

50. Pellegriniga nisbatan qo‘pollik ishlatgan Edgar Ie ogohlantirildi.

48. Jarima maydonidan uzoq bo‘lmagan hududda rimliklar standart vaziyatga ega bo‘ldi.

46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Eldorda o‘zini ko‘rsatish uchun oz vaqt qoldi.

45. Birinchi taymga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus!

44. Bakasetas olis masofadan o‘z omadini sinab ko‘rdi. Noaniq.

43. Karsdropning uzatmasidan keyin to‘p Eldorga qadar etib kelmadi.

41. Himoyachi bilan elkama-elka kurashga kirishgan Eldor deyarli to‘pni jamoasiga olib berdi. Ammo hakam qoida buzilgan, deb topdi.

40. Turkiyaliklar orqa chiziqda to‘pni nazorat qilyapti. Italyanlar bosim uyushtirmoqda.

38. Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Karsdrop o‘tkir burchakdan noaniq zarba yo‘lladi.

36. O‘yin maydon markazida kechmoqda. Temp biroz pasaydi.

34. Noaniq harakat qilgan Eldor to‘p yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi. "Trabzonspor"ning qarshi hujumi ham erta yakunlandi.

32. Marik Gamshikning olis masofadan yo‘llagan zarbasi kutilganidek chiqmadi.

31. Sherigidan pas qabul qilib olgan Mxitaryan jarima maydoni ichida raqibidan o‘ta olmadi.

30. Karsdorpning uzatmasi noaniq ketdi. "Roma" asta-sekinlik bilan tashabbusni qo‘lga oldi.

28. Rimliklar burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.

26. Mxitaryanning goli qoidabuzarlik tufayli inobatga olinmadi. Geynrix to‘pni qo‘li bilan to‘xtatgan, deb topildi.

25. Bakasetasning zarbasiga aniqlik etishmadi. "Roma" posboni erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritib beradi.

23. Jarima maydoni tashqarisidan berilgan zarbani Patrisiu ushlab oldi.

22. "Bo‘rilar" erta pressing uyushtirib, raqibni markazdayoq to‘psiz qoldirishga urinmoqda.

20. "Trabzonspor"ning xavfli hujumini Ibanez to‘xtatdi.

18. Veretuning zarbasiga aniqlik etishmadi.

17. Chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirishni niyat qilgan Eldor to‘xtatildi.

15. Jarima maydoni ichida "Roma" vakili Vina yiqilib tushdi. Hakam simulyatsiya uchun unga sariq kartochka ko‘rsatdi.

13. Maydon markazida Mxitaryanga nisbatan qoida buzgan Peres ogohlantirildi.

10. Shomurodov birinchi imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Vakilimiz havodan kelayotgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi.

8. Jamoadoshi uzatgan to‘pga Jervino eta olmadi. To‘p yo‘qotildi.

6. Mourino shogirdlari o‘z uslubiga muvofiq, qarshi hujumda fursat poylayapti.

4. Maydon egalari to‘p nazoratini amalga oshirmoqda. 

3. Ilk daqiqalarni turkiyaliklar faolroq boshladi va oldinga o‘tdi. "Bo‘rilar" yaxshi himoyalandi.

1. Uchrashuvga start berildi. Olg‘a, "Roma", bo‘shashma, Eldor!

0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. Ular orasida Shomurodov ham bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
20/08/2021 01:41
Қойил: Ғалаба голи, Расмий ўйинда дебют ажойиб, яна ҳалқаро майдонда. Суперрр ҳаммаси. Энди гол уриш навбати А Серияда Фиоринтинага...олға элдор голларинг давомли бўлаверсин ва бизлар ҳам фаҳрланиб ҳурсан бўлиб юрайлик. Омад сенга Ўзбегим ўғлони Фаҳри Элдор.
&
Турсун Ғани
20/08/2021 01:41
Қойил: Ғалаба голи, Расмий ўйинда дебют ажойиб, яна ҳалқаро майдонда. Суперрр ҳаммаси. Энди гол уриш навбати А Серияда Фиоринтинага...олға элдор голларинг давомли бўлаверсин ва бизлар ҳам фаҳрланиб ҳурсан бўлиб юрайлик. Омад сенга Ўзбегим ўғлони Фаҳри Элдор.
&
Лучше Насаф
20/08/2021 00:37
Oʻzbekiston faxri