Eldor Shomurodovdan tarixiy natija

  • 28 yanvar, 2022, 09:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida Janubiy Sudan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur bahsda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Dastlab Eldor Shomurodov darvozaga teskari turgan holda darvozani ishg‘ol qildi. Keyin esa "Roma" hujumchisi birga-bir vaziyatdan gol urdi. Ikkinchi taymda Jaloliddin Masharipov penaltidan to‘pni to‘rga yo‘lladi.

Shu tariqa, vakillarimiz ushbu yig‘indagi ikkinchi o‘rtoqlik bellashuvida zafar quchishdi. E’tiborlisi, terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodovning Janubiy Sudan darvozasiga kiritigan birinchi goli terma jamoamizning 500-goli sifatida tarixda qoldi. Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobida 502 ta gol mavjud.

Srechko Katanets shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1 fevral kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi.

IMG_20220127_233137_385

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
28/01/2022 18:44
Агар Ромада хам Элдорга 90 дакика имкон берилса У узини курсата олади жаноб Маурино