Eldor Shomurodov: "Sharafli vazifa ishonilganidan xursand bo‘ldim"

  • 8 iyul, 2024, 00:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiada oldidan mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Timur Kapadze yoshi katta futbolchilardan Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Rustam Ashurmatovlarni Parijdagi turnirga olib ketadi. Shomurodov Olimpidaga tayyorgarlik, mashg‘ulotlar va oldinga qo‘yilgan vazifalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
"Boshqacha g‘urur bilan Olimpiadada qatnashish istagi bor edi. Mana shunday sharafli vazifa ishonilganidan xursand bo‘ldim. Tayyorgarlik ajoyib ketyapti, ajoyib atmosfera va hammasi joyida. 
Hozirda ko‘proq jismoniy tayyorgarlik olib boryapmiz. Qiyinchilik bo‘lgani yo‘q. Hamma bir-birini yaxshi tushunib ketdi. Yarim jamoa bilan terma jamoada birga o‘ynaganmiz. Shuning uchun ham qiyinchilik bo‘lgani yo‘q. 
Maqsadimiz birinchi navbatda guruhdan chiqish. Shu vazifani bajarganimizdan so‘ng albatta, medallar bilan O‘zbekistonga qaytishga harakat qilamiz. Muxlislardan Olimpiadani kuzating va bizni qo‘llab-quvvatlang deb qolamiz
", - dedi Shomurodov.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!