Eldor Shomurodov "Jenoa" va "Roma" o‘rtasidagi farq, Abraxam bilan raqobat haqida gapirdi

  • 4 sentabr, 2021, 14:13
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Shvetsiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Yig‘in doirasida O‘FA matbuot xizmati terma jamoamiz etakchisi Eldor Shomurodov bilan maxsus intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatdan parchalarni keltiramiz:

Tecno

– "Jenoa" va "Roma" o‘rtasidagi farq nimalarda sezildi?

– Juda ko‘p sohalarda farq sezilmoqda. Birinchidan, "Jenoa" A Seriyada qolish uchun kurashuvchi o‘rtamiyona klub. "Roma" esa, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadi va medallar uchun kurashadi. Shuningdek, tashkiliy masalada ham katta farq bor. "Roma" top klub hisoblanadi. Hamma narsa u erda boshqacha yo‘lga qo‘yilgan.

– Siz mavsumoldi o‘yinlarida ko‘plab gol va assistlar muallifiga aylanganingizga qaramay, Mourino asosiy tarkibdagi joyni APLdan kelgan, EChL g‘olibligini qo‘lga kiritgan Abraxamga ishonib topshirayapti. Bu sizning kayfiyatingizga salbiy ta’sir qilmadimi?

– Har bir futbolchi maydonga tushishni xohlaydi. To‘g‘risini aytsam, menda ham shunday kuchli xohish bo‘lgan. Mening ham o‘yinni asosiy tarkibda boshlagim keladi. Lekin bu katta klub va unda har qanday sinovga tayyor turish kerak. Murabbiy meni zaxirada qoldiradimi yoki asosiy tarkibda maydonga tashlaydimi, doim o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatishim kerak. Shu tarzda davom etaman. Buyog‘iga har 3-4 kunda o‘yin bor va ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Boshida ozroq psixologik bosim bo‘ldi, ammo hozir hammasi joyida. 

– Abraxam bilan o‘zaro munosabatingiz qanday?

– Albatta, hammasi joyida. Keyinchalik, nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Murabbiy bizni bir jamoada birgalikda maydonga tushirishi ham mumkin. Umuman olganda, nafaqat Abraxam, tarkibdagi barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni va sog‘lom raqobat qilishni istayman.

– "Roma" ancha yaxshi start oldi. Jamoaning kelajakdagi maqsadlari qanday? "Skudetto"mi?

– Hozircha, "Skudetto" haqida aniq talab qo‘yilmadi. Lekin doim g‘alaba uchun maydonga tushish aytiladi. Bu mavsum ham eng kamida Chempionlar ligasi uchun kurashamiz. Konferentsiyalar ligasi ham chempion bo‘lishni maqsad qilganmiz.

– Mourinoda siz va Abraxamni bir tarkibda o‘ynatish varianti bor. Mashg‘ulotlarda shunday jarayon kuzatilmadimi?

– Shu paytgacha unday bo‘lmadi. Lekin Mister nafaqat markaziy hujum, balki qanotda ham o‘ynay olishimni biladi. Shuning uchun, bu imkoniyat bo‘lishiga ishonaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
05/09/2021 00:44
Жуда зўр жавоблар. Маладец. Ҳали асосийга тушади албатта. Голлар ҳам уради. Насиб қилса ҳаммаси олдинда. Олға Элдор.
&
Турсун Ғани
05/09/2021 00:44
Жуда зўр жавоблар. Маладец. Ҳали асосийга тушади албатта. Голлар ҳам уради. Насиб қилса ҳаммаси олдинда. Олға Элдор.