
Eldor Shomurodov jahon yulduzlari Ronaldu, Beyl, Jiru kabi gol urmoqchi (Foto)
Jahon futbolida akrobatik gollarning qadri baland va uzoq vaqt yodda qoladi. Jozibasi ham shunchalik go‘zal bo‘ladi.
EChL doirasida Krishtianu Ronaldu "Real" safida "Yuventus" darvozasiga qaychi uslubida gol urgani hali hamon barchaning esida. Yoki ushbu musobaqa finalida Garet Beyl "Real"da faoliyat yuritgan payti "Liverpul"ni shunday jazolagani golning muhimliligidan balandroq edi. Oxirgi marta Olive Jiru "Chelsi" tarkibida "Atletiko" darvozasini shu tarzda ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim g‘alabani tortiq etdi.
Endi qaychi uslubida gol urish navbati Eldor Shomurodovga etib kelgan ko‘rinadi. Hamyurtimiz jamoasining "Inter"ga qarshi tayyorgarlik jarayonida akrobatik tarzda to‘p tepishni mashq qildi. Bu jarayon klub matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi. Ajab emas, Shomurodov milanliklar darvozasiga shunday gol ursa.
"Inter" - "Jenoa" bahsi 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.
Fikrlar