
Eldor Shomurodov "Inter"ga qarshi o‘yinda nega zaxirada qoldirildi?
Yana bir necha daqiqadan so‘ng "Inter" - "Jenoa" bahsi start oladi. Har ikki jamoa murabbiylari boshlang‘ich tarkiblarni e’lon qildi. Genuyaliklar ustozi Eldor Shomurodovni zaxirada qoldirdi.
Italiyaning ko‘plab nashrlari ushbu bellashuvning tahminiy tarkiblarini tuzib chiqqanida hamyurtimizni dastlabki daqiqalardan maydonga tushishini bildirgandi. Biroq yakunda unday bo‘lmadi.
Davide Ballardinining bu qarorini to‘g‘ri tushunish mumkin. Chunki raqib A Seriyaning etakchi jamoasi. "Inter" raqib darvozasiga bu mavsum eng ko‘p gol urgan klub hisoblanadi - 57. O‘z darvozasidan 24 bor to‘p olib chiqqan. Ushbu ko‘rsatkich milanliklar yaxshi hujum qila olishi va shu bilan birga himoyalanishni qoyillatishini bildiradi.
Shu bois Ballardini tezkor hujumchi Eldor Shomurodovni ikkinchi taymga olib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Birinchi taymda genuyaliklar himoyasi mezbonlarning shturmiga dosh berishni uddalasa, zaxiradan Shomurodov maydonga tushib, qarshi hujumdan samara chiqarishga urinadi. Bu "Jenoa" murabbiyining yaxishir quroli.
Biz ikkinchi taymda Shomurodovni uchrashuvga qo‘shilishini kutishimiz mumkin. Agarda biror bir jarohat yoki "Inter"ning golli seriyasi boshlanib ketmasa...
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting.
Fikrlar