
Eldor Sakaev "Mash’al"da ish boshladi
Superligadan pro ligaga ravona bo‘lgan "Mash’al" klubi texnik shtabida o‘zgarish yuz berdi. Jumladan, klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:
"Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘ziga yangi texnik direktor tayinlandi.
Endilikda 59 yoshli tajribali mutaxassis Eldor Sakaev jamoaning texnik direktori lavozimini bajaradi.
Ma’lumot o‘rnida, 59 yoshlik mutaxassis Eldor Usmanovich “Navbahor”, “Oq-tepa”, “Andijon” va “Yangier” jamoalarini boshqargan. Endilikda Eldor Usmanovich “Mash’al” futbol kulbida faloliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar "Mash’al"ning texnik direktori vazifasida Dilyaver Vaniev ishlab kelgan edi".
Fikrlar