
EL saralashi. Umarali Rahmonaliev zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan uchrashuvda "Sabax" jangovar durang natija qayd etdi
Evropa ligasi saralash uchrashuvidan o‘rin olgan "Tsele" - "Sabax" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Gollarga boy kechgan to‘qnashuvda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etildi. Biroq, 1-o‘yin natijasiga ko‘ra, Ozarbayjon klubi o‘z yurishini shu bosqichda to‘xtatdi (o‘tgan o‘yin 3:2, umumiy 6:5).
Franko Kovachevich, Damyan Vuklisevich va Nikita Igorevichning (19, 49, 108) gollariga Joy-Lans Mikkels xet-trik qilgan holda, javob berdi (9, 63, 64). 108-daqiqada kiritilgan gol o‘yindagi hisobni tenglashtirib, umumiy hisobda "Tsele" jamoasini oldinga chiqib olishini ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev avval bellashuvning 77-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi. 117-daqiqada esa u yana zaxiraga olindi.
Fikrlar