
"El-klasiko" oldidan "Barsa"da jiddiy yo‘qotish
"Evro-2024" saralash bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Daniya - Finlandiya bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 18-daqiqasida "Barsa" futbolchisi Andreas Kristensen jarohat olib, maydonni tark etdi.
"Diario Sport" nashri xabar berishicha, daniyalik himoyachi 3 yoki 4 haftaga safdan chiqdi. U Ispaniya kubogining yarim final javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
"Barsa"ning lazaretdagi futbolchilar etarlicha. Pedri va Dembele ayni dam klubga yordam bera olmayapti.
Fikrlar