Anjumanning ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper ishtirok etdi.
"O‘zbek xalqiga murojaat qilmoqchiman! Doimo yangi joyga ishga kelganingizda adaptatsiya jarayoni bo‘ladi. Jurnalistlarni esa bu narsa qiziqtirmaydi. Bu narsa bizning loyihamiz bilan bog‘liq. Doimo g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz hozirda loyihaga asosan ish ko‘ryapmiz va natijaga bog‘lanib qolmaslik kerak. Faqat natija qoniqtiradigan bo‘lsa, biz murabbiylar FIFA reytingidan kelib chiqib oson jamoa tanlagan bo‘lar edik. 70-100-o‘rindagi jamoalar bilan o‘ynar edik va barcha shunda natijadan xursand bo‘ladi. Shunday qilsam ham bo‘lar edi.
Urugvay reytingda 7-o‘rindagi jamoa edi. Natijaga qarasak, yutqazdik aslida unday emas. Oddiy muxlis buni tushunmasligi mumkin, ammo biz aslida o‘yin jihatdan mag‘lub bo‘lmaganmiz. Futbolda o‘sishni istasak, yuqori darajadagi jamoalar bilan o‘ynashimiz kerak. Shunda, o‘z xatolarimizni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Buni tushunadigan odam bor, tushunmaydigani ham bor.
Ba’zida O‘FA, ba’zida menga o‘rtoqlik o‘yinlari borasida takliflar qilishadi. Masalan, Argentina. O‘ynashimiz mumkin, nimaga o‘ynamasligimiz kerak? Dide Desham bilan yaxshi aloqalarim bor. Menga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha taklif bildirdi. Jahonning birinchi jamoasi bilan o‘ynashimiz mumkin edi, ularni mag‘lub etishimiz ham mumkin. Buni hech kim ayta olmaydi.
To‘g‘ri, Turkiyaga mag‘lub bo‘ldik. Hozirda ko‘pchilik natijadan mamnun emas. Meni barchaning fikri qiziqtiradi. Lekin futbolni tushunadigan odam bor, tushunmaydigani ham bor. Kimdir turklarni jiddiy raqib deb hisoblamasiligi mumkin, ular haqida ko‘p narsalarni bilmasligi ham mumkin. Turkiyaning 80 % futbolchisi Evropada o‘ynaydi, ammo bu muxlislarni qiziqtirmaydi. Bu bilan nima demoqchiman? Bizning maqsad bu sentyabrdagi o‘yinlar. Ba’zida raqibga past, ba’zida esa yuqori baho beramiz.
Biz o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazyapmiz. Esingizda bo‘lsa, Qatarni 2:0 hisobida mag‘lub etdik, lekin hech kim ko‘chaga chiqib bayram qilmadi. Chunki, bu o‘rtoqlik o‘yini edi. Keyinchalik ular Osiyo chempioni bo‘lishdi. Biz o‘z yo‘limizda davom etamiz. Buning uchun esa struktura bo‘lishi kerak. Ana shu struktura jamoani ushlab turadi. Yana bir muhim narsa bor. Muxlislar bunga shubha qilishi mumkin, ammo futbolchilar o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Ular doimo g‘alaba qozonishni xohlaydi. O‘FA ham doimo ishomoqda.
Ba’zida nimalardir o‘xshamasligi mumkin. Masalan shunday holatlar bo‘ladiki, futbolchilar pozitsiyalarni yopishi kerak bo‘ladi. Agar bugun oddiy o‘zbek muxlisi Turkiyaga mag‘lub bo‘lganimizdan hafa bo‘lsa, havotirlanmasligi kerak. Men ularni tinchlanishga chaqiraman. Chunki, bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqelik. Bu o‘yin biz uchun yaxshi bo‘ldi. Biz FIFA reytingida o‘zimizdan ancha oldinda bo‘lgan jamoa bilan o‘ynadik.
Kecha Yaponiya o‘z uyida Trinidad Tobagoni mag‘lub eta olmadi. Mezbonlar reytingda kuchli 30 talikda, Trinidad Tobago 90-o‘rindan pastda bormoqda. Oddiy muxlis buni menga nima qizig‘i bor deb aytishi mumkin.
Biz o‘z yo‘limizdan boramiz. Kimdir rozi bo‘lishi, kimdir rozi bo‘lmasligi mumkin. Lekin biz uchun asosiysi barcha narsaga tayyor bo‘lish. Jumladan, ertangi o‘yinda ham.
Siz o‘ylayapsizki, jamoaning kayfiyati yo‘q. Bunday emas, jamoamning kayfiyati a’lo darajada. Ko‘proq gol kiritishga harakat qilamiz. Biz o‘z yo‘limizni tanladik. Bu yo‘l kimlargadir yoqmasligi mumkin. Kimgadir yoqmasa, vaqtimni behuda ketkazmayman. To‘g‘ri muxlislar yomon kayfiyatda bo‘lishi mumkin, chunki Turkiyaga mag‘lub bo‘ldik. Shunday yomon natijalar ham bo‘ladi. Biz yaxshiroq o‘ynashga harakat qildik. Turkiya bilan o‘yinda yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdik. Quvondiq Ro‘ziev yomon o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Lekin men murabbiy sifatida unday demagan bo‘lar edim. Chunki men futbolchidan nima so‘rashni bilaman va undan nima kutishni ham. Buni oddiy muxlis tushunmasligi mumkin.
Shuni aytmoqchi edim, men jamoani juda yaxshi kayfiyatda ko‘rmoqdaman. Biz doimo g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Ammo har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Mag‘lub bo‘lganda, hamma narsa o‘xshamadi deb ayta olmayman. Uzr va katta rahmat.
Fikrlar