
Ektor Kuper jarohat olgan Dostonbek Hamdamov o‘rnini to‘ldirish uchun "Bunyodkor" futbolchisini yig‘inga jalb qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 28 may - 12 iyun kunlari yig‘in o‘tkazib, yig‘in doirasida Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati bir oz avval e’lon qilindi.
Avval boshda mazkur ro‘yxatda "Paxtakor" a’zosi Dostonbek Hamdamov ham bor edi. Ammo u jarohat olgani sababli ro‘yxatga kiritilmadi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper Dostonbek Hamdamov o‘rnini to‘ldirishi uchun "Bunyodkor" klubidan Xurshid G‘iyosovni yig‘inga jalb qildi.
"Bunyodkor"ning 24 yoshli futbolchisi so‘nggi turlarda ajoyib o‘yin namoyish qilib, muxlisu mutaxassislarning e’tiboriga tushib kelayotgandi. Ektor Kuper ham Xurshid G‘iyosovni sinab ko‘rishga qaror qildi.
Fikrlar