Ektor Belerin Portugaliyaga yo‘l olishi mumkin

  • 28 yanvar, 2023, 18:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Ektor Belerin faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.

Tecno

Lissabonning "Sporting" klubi vakili Pedro Porro "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi. Jamoa uning o‘rniga yangi himoyachi qidirmoqda. Variantlar orasida Belerin ham bor.

Ispaniyalik futbolchi kam o‘yin amaliyoti berilayotganidan norozi va ketish istagida. U ushbu mavsum barcha chempionatlarda 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, Belerin mavsum boshida "Barselona" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyunida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!